21:52 / 07.06.2023
131

Oila mustahkamligi jamiyatimiz porloq kelajagidir!

Oila mustahkamligi jamiyatimiz porloq kelajagidir!
Jamiyatimizda inson qadri va qimmati eng ko‘p e’tibor qaratilgan dolzarb mavzu bo‘lib turgan bir vaqtning o‘zida Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limida ajrashgan oilalarni tiklash, farzandlarni to‘liq ota-ona bag‘rida kamol topishi uchun bor kuch-e’tibor bilan qaralmoqda.
 
Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Axmadjonovdan undiruvchi M.Tilavova foydasiga uning oylik ish haqisining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
 
Majburiy ijro harakatlari davomida Shayxontohur tuman davlat ijrochisi Z.D.Bekmuratovaning to‘g‘ri huquqiy targ‘ibot olib borishi natijasida, qarzdor A.Axmadjonov turmush o‘rtog‘i M.Tilavova bilan yarashib oilasini tiklaganligi sababli, undiruvchi M.Tilavovaning arizasiga asosan ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.
Muborak Najmitdinova
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Toshkent shahar boshqarmasi
katta inspektori

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila mustahkamligi jamiyatimiz porloq kelajagidir!
ePN