Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan 55 yoshli erkak qamog‘ga olindi


Foto: Telegram / “Nemolchi.uz”
Toshkentda 55 yoshli erkak ko‘p qavatli uy pod’yezdida 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, 7 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda 1968 yilda tug‘ilgan X.A. Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida voyaga yetmagan, 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.































Izohlar 0
…