17:23 / 11.06.2023
234

Toshkentdagi xonadonda mayning uskuna o‘rnatilgani aniqlandi

Toshkentdagi xonadonda mayning uskuna o‘rnatilgani aniqlandi
Toshkentning Uchtepa tumanidagi xonadonda mayning uskunasi borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
 
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 9 iyun kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirida Nashriyot ko‘chasi, 96-xonadonda mayning uskunasi borligi aniqlangan. Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, elektr energiyasi bo‘yicha 77 million 30 ming 400 so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
 
Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
 
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari doirasida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Navro‘z” dehqon bozorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ham fosh etilgan.
 
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, bozor ma’muriyati oylik hisobotlarda o‘lchov tizimidagi tok transformatorining haqiqiy koeffitsiyentini kamaytirib ko‘rsatish orqali elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirgan.
 
Mazkur qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi xonadonda mayning uskuna o‘rnatilgani aniqlandi
ePN