date
views 136

Shavkat Mirziyoyev: “Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”

Shavkat Mirziyoyev: “Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”
Foto: O‘zLiDeP
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari turizmga ixtisoslashtiriladi. To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo, Xo‘jayli, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irotda yo‘l-savdo infratuzilmasi kengaytiriladi.
 
Shuningdek, Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilib, yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.  Buning uchun uzunligi 465 kilometr bo‘lgan Buxoro—Urganch—Xiva va uzunligi 196 kilometr bo‘lgan Miskin—Nukus temiryo‘l liniyalari elektrlashtiriladi. Bu loyihaga 460 million dollar yo‘naltiriladi.
 
"Ushbu liniya ishga tushirilgach, Toshkent—Samarqand—Buxoro—Xiva an’anaviy turistik zanjiriga Qoraqalpog‘iston ham qo‘shiladi.
 
Natijada xorijiy va mahalliy sayyohlarning yurtimizda 4-5 kungacha bo‘lishini ta’minlash, turistik xizmatlar eksportini 100 million dollarga yetkazish imkoniyati yaratiladi (2023 yilda 25 million dollar)”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: “Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”
-->