23:28 / 13.06.2023
593

Otasiz yetim gul yetim, onasiz yetim sho‘r yetim…

Otasiz yetim gul yetim, onasiz yetim sho‘r yetim…
Ayol dunyoga kelibdiki, nozik yelkasida dunyo tashvishlarini ko‘tarib yuradi. Ota-onaga munosib farzand bo‘lish, aka-ukalari, opa-singillariga g‘amxo‘rlik qilish, Shuningdek, Kelajakda yangi bir oilaning a’zosi sifatida qaynona-qaynota, turmush o‘rtog‘i, uning yaqinlarining ko‘nglini topish. «Turmush – to‘rt musht», deyishadi. Har bir oilaning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari, pastu balandliklari mavjud.
 
Lekin ayrim sabablarga ko‘ra oilalar ajrashganda, ko‘p xollarda oilada ayol kishi ota uyiga ketishga majbur bo‘ladi. Endi bir mulohaza qilib ko‘raylik, turmush o‘rtog‘idan, yashab turgan uyidan ajragan ayolni ota uyida xam quchoq ochib kutib olmasligini tabiiy hol.
 
O‘sha yuragi yarimta bo‘lgan ayolni, agar u ruxan sog‘lom va ma’naviy buzuq bo‘lmasa jondan aziz farzandidan xam ayirishini qanday tushunish mumkin.
 
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 08.06.2023 yildagi A.Abduvaliyevdan 24.01.2023 yilda tug‘ilgan Davrbekni M.Abduvaliyeva tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ajrimi Byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
 
Davlat ijrochilarining harakatlari bilan shu kunning o‘zida 5 oyga ham to‘lmagan Davrbekni M.Abduvaliyeva tarbiyasiga majburiy tartibda olib berildi.
 
Ha, azizlar! Ayollarimiz o‘z yaqinlari, oilasi, bola-chaqasi uchun o‘z jonini fido qilishga ham tayyor. Ayol ersiz qolsa qoladiki, lekin hech qachon o‘z farzandlarini xor qilib qo‘ymaydi. Shuning uchun: «Otasiz yetim gul yetim, onasiz yetim sho‘r yetim», deb bejizga aytishmaganda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otasiz yetim gul yetim, onasiz yetim sho‘r yetim…
ePN