10:12 / 14.06.2023
544

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan turistlar ko‘proq kelmoqda?

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan turistlar ko‘proq kelmoqda?

O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—may oylarida 2,6 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan — 797,8 ming nafar.

Undan keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar fuqarolari egallagan:

  • Qozog‘iston — 656,5 ming nafar;
  • Qirg‘iziston — 649,5 ming nafar;
  • Rossiya — 279,8 ming nafar;
  • Turkiya — 39,5 ming nafar;
  • Turkmaniston — 21,2 ming nafar;
  • Koreya — 12,4 ming nafar;
  • Hindiston — 12,3 ming nafar;
  • Xitoy — 9,6 ming nafar;
  • Germaniya — 9,5 ming nafar.

O‘zbekistonga 5 oyda kelgan qolgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha bo‘lgan:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 2,2 million kishi;
  • dam olish — 274,1 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan — 51 ming kishi;
  • davolanish — 28,1 ming kishi;
  • tijorat — 18,4 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida — 4,5 ming kishi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga qaysi davlatlardan turistlar ko‘proq kelmoqda?
ePN