
Ko‘kdala va Shahrisabz tuman MIB bo‘limlari xodimlari chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqni yechish evaziga fuqarodan 1200 dollar olgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 3 iyun kuni Shahrisabz shahar prokuraturasi, MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, MIB Ko‘kdala tumani bo‘limi davlat ijrochisi A.D. va u bilan birga bo‘lgan Shahrisabz tumani bo‘limi davlat ijrochisi J.M. Shahrisabz shahri, “Bog‘ibahor” MFYda yashovchi fuqaro U.R.ga avvalroq unga nisbatan o‘rnatilgan taqiqini yechib berish evaziga olgan 1 200 dollarni qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar