
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani bo‘limlari tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Iqbol” MFYda yashovchi I.U. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 342 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing