16:41 / 15.06.2023
227

Qo‘qonda 3 nafar talonchi qo‘lga olindi

Qo‘qonda 3 nafar talonchi qo‘lga olindi
Qo‘qon shaharida 2023 yilning 10 iyun kuni X.M, voyaga yetmagan X.A va voyaga yetmagan U.F.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lgan holda R.S.ning narxi 800 AQSH dollarlik «Iphone 13 Pro max» rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
 
Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda 3 nafar talonchi qo‘lga olindi
ePN