10:24 / 19.06.2023
76

Eron portlarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishildi

Eron portlarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishildi
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi davomida ushbu mamalakat bilan transport sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
 
18 iyun kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Eron Yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etdi.
 
Xususan, tomonlar O‘zbekiston—Turkmaniston —Eron uch tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantirish va foydalanish bo‘yicha o‘zbek tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelishish, avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonida Eron tomonidan o‘zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni paritet asosida kamaytirish, shuningdek, yoqilg‘i solig‘i yig‘imlarini ham boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
 
Shuningdek, tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-sotiq munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron—O‘zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eron portlarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishildi
ePN