12:23 / 19.06.2023
125

Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘mlik zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi (video)

Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘mlik zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi (video)
Navoiydagi xususiy korxonada 195 dona mayning qurilmalar o‘rnatilib, 9,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, DXXning Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1670692450455916544?s=20]
Tadbir davomida mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlari natijasida, davlat manfaatlariga 9 milliard 661 million 402 ming so‘mlik zarar keltirgani aniqlangan.
 
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘mlik zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi (video)
ePN