Yangihayotdagi uyda liftlar aholiga nosoz holatda topshirilgani ma’lum bo‘ldi


Yangihayotda “LAND HOUSE” MCHJ tomonidan qurilib, 2023 yilning may oyida foydalanishga topshirilgan “dom”ning aholi uchun ajratilgan 2 ta lifti nosoz holda bo‘lgani aniqlandi. Shu sababli, fuqarolar yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.
Ma’lum qilinishicha, 18 iyun kuni Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY, 17-sonli ko‘p qavatli uyning yuk tashishga mo‘ljallangan lifti pastga tushishda tezlashib ketgan. Bu paytda fuqarolar foydalanishi mo‘ljallangan 2 ta liftda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Shu sababli, fuqarolar yuk tashishga mo‘ljallangan liftdan foydalangan.

«Liftga belgilangan vazndan ko‘p miqdorda, ya’ni 1 tonnadan oshiq, 13 nafar fuqaro 16-qavatdan mingan. Ularning 2 nafari yosh bola bo‘lgan. 10-qavatga kelganda liftning tushish tezligi tezlashib ketgan hamda ichidagi fuqarolarning hayoti xavf ostida qolgan. Ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 6 nafar fuqaroning oyog‘i singan hamda ular reabilitatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga uyiga ruxsat berilgan», deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…