17:10 / 19.06.2023
100

Rasman: Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadi

Rasman: Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining oyni kuzatish bo‘yicha Ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, tajribali astronomiya markazlari va nufuzli fatvo hay’atlaridan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, hijriy 1444 yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023 yil 18 iyun kuni quyosh botgandan so‘ng sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
 
Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.
 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur ma’lumotlarga asoslangan holda mamlakatda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023 yil 28 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasman: Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadi
ePN