16:08 / 20.06.2023
66

2023-2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10 iyul kuni yakunlanadi.
 
2023-2024 o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.
 
Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining «Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul» bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
 
Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega.
 
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10 iyul kuni yakunlanadi.
 
Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2023-2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
ePN