09:00 / 22.06.2023
322

Ayiq panjasi va ajdaho domiga tushmaslik lozim!

Ayiq panjasi va ajdaho domiga tushmaslik lozim!
21-asrning qolgan qismida, O‘zbekiston oldida, o‘ta jiddiy chaqiriqlar turadi. Davlatning, millatning mustaqilligini saqlab qolish masalasi – o‘tkirlashib boradi. O‘zbekiston, Markaziy Osiyo – ikkita gigant avtoritar va raqamli totalitar davlatlar hisoblanmish Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ochiqcha va ohista nazoratiga o‘lja bo‘laveradi.
 
Bu ikki davlat O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda, demokratiya o‘rnatilishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘laveradi. Chunki mintaqada demokratiya bo‘lishi bilan markazlashgan avtoritarizm ishdan chiqadi. Markazlashgan hokimiyat bilan xalqni boshqarish, jilovlab turish imkonsiz bo‘ladi. Xalqlarning turkiy va diniy o‘zliklari erkinlashadi, hokimiyatga ta’sir qila boshlaydi.
 
Shuning uchun mintaqada bu ikki davlat bor imkoniyati bilan, bundan keyin demokratiya bilan tizimli kurasha boshlaydi. Agar mintaqa hokimiyatlari demokratiyaga real qadamlar qo‘ymasa, ushbu ikki davlat, yaqin o‘n yilliklarda, raqamli avtoritarizmni shakllantirishda bor kuchini ishga soladi. Va yangi real voqelik yaratishadi. Asrning ikkinchi yarmiga borib, biz ham xuddi uyg‘urlar kabi tutqinda bo‘lamiz.
 
Formal mustaqil bo‘lamiz, lekin hokimiyatlarimiz Moskva va Pekinning izmida bo‘lib, milliy va diniy o‘zlik bilan, siyosiy faollik bilan kurashishni davlat siyosatining asosiy vazifasi qilib olishgan bo‘ladi. O‘zbeklar o‘zbeklar bilan kurashadi. Davlat xalq bilan kurashadi. Xalqni Rossiya va Xitoyga bo‘ysundirish – davlatning asosiy ishi bo‘lib qoladi.
 
Kamoliddin Rabbimov,
siyosatshunos
Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayiq panjasi va ajdaho domiga tushmaslik lozim!
ePN