Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand tumani «Vavilon» cho‘milish havzasining ochilish marosimidagi tadbir bo‘yicha viloyati IIB axborot xizmatining xabari e’lon qilingan edi.
IIV matbuot kotibi Sh.G‘iyosovning qayd etishicha, ushbu munosabat jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘lgan.
«Mazkur holat IIV tomonidan o‘rganilganda ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand tumani «Yangiariq» mahallasida joylashgan «Vavilon» cho‘milish havzasining ochilish marosimi tashkilotchilari Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-sonli «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori talablarini inobatga olmagan holda 2000 dan ziyod fuqarolar uchun ommaviy ko‘ngilochar marosimini tashkil etganlar.
Ushbu kelishilmagan jamoat tadbiri turli tartib buzilishlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olgan holda, mazkur holat Samarqand viloyati IIB tomonidan o‘rganilib, tadbir tashkilotchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida xavfsizlik choralari ko‘rilishi zaruriyati haqida qat’iy ogohlantirilganlar.
Shuningdek, xabarda aks etgan, tadbirda ishtirok etgan ayollarga nisbatan teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilganligi va OITS/OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, viloyat IIB matbuot kotibi J.Sagdullayev tomonidan shoshmashosharlik bilan vaziyatni to‘liq o‘rganmagan holda tayyorlanganligi aniqlangan.
Ma’lum qilamizki, tadbir ishtirokchilarining, shu jumladan ayollarning hech biri tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan va ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan.
Hozirda Ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyat IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan», deyiladi IIV xabarida.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Diyetolog qanday qilib non iste’mol qilmasdan qisqa vaqtda ozish mumkinligini aytdi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari