15:50 / 23.06.2023
230

Shavkat Mirziyoyev migrantlarni qahramon deb atadi

Shavkat Mirziyoyev migrantlarni qahramon deb atadi
Shavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni «haqiqiy qahramon» deb atadi.
 
«150 ming nafar yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda ta’lim olmoqda. Bundan tashqari, 2 million atrofidagi yurtdoshlarimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun, oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – xorijda mehnat qilmoqda.
 
Albatta, musofir yurtda, turli qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib, non topish oson emas. Xorijda bunday sharoitda yashab kelayotgan odamlarimizni haqiqiy qahramon, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
 
Chet ellarda tajriba va malaka orttirayotgan ana shunday vatandoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak», – dedi prezidentlikka nomzod Qashqadaryoda saylovchilar bilan uchrashuvda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev migrantlarni qahramon deb atadi
ePN