
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 18 iyun kuni soat 19:05 atrofida sodir bo‘lgan. Qibray tumani “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasidan oqib o‘tuvchi Oqtepa kanaliga qo‘shiluvchi Zog‘ariqda 2 yoshli qiz M.A. oqib ketayotganida uni 18 yoshli yigit Y.T. qutqarib qolgan.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1672881125142802433?s=20]
"Ariqqa qarab ketayotgandim, qizni ko‘rib, zudlik bilan suvga tushib, uni olib chiqdim. Orqasini o‘girib, belini ishqaladim va ichidagi suvini chiqarib tashladim. Shundan so‘ng, qizni shifoxonaga olib bordik", — deydi qizaloqni qutqarib qolgan yigit.
Otasining so‘zlariga ko‘ra, u uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan. “Qarasam, qizim yo‘q. Ariq bo‘yiga yugurib borib, ko‘rsam beton ho‘l ekan. Shunda ariqqa tushib ketganini tushundim. Yetib kelgunimcha, qo‘shni bola qutqarib qolibdi. Rahmat shu mahalladagilarga. Shifoxonaga olib borib, ikki soatlik shifokor ko‘rigidan so‘ng qizim o‘ynab-kulib chiqib keldi”, — degan u.

Foto: Qibray tumani hokimligi matbuot xizmati
Qizchani qutqargan yigitga tuman FVB xodimlari tomonidan tashakkurnoma va sovg‘a topshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar