
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkentda AQSHga ishga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O.I. va X.N. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida AQSHga ishga yuborish evaziga 17 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
ToshkentAQSHga Ishga YuborishBosh ProkuraturaJinoyat KodeksiFiribgarlikTezkor Tadbir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar