16:06 / 01.07.2023
153

Toshkentda tadbirkordan 300 ming dollar olgan DUK xodimi qo‘lga tushdi (video)

Toshkentda tadbirkordan 300 ming dollar olgan DUK xodimi qo‘lga tushdi (video)

«Yunusobod business city» tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish Direksiyasi» davlat unitar korxonasi xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, «Yunusobod business city» tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish Direksiyasi va tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, markaz hududidagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida, muqaddam tadbirkor tomonidan Direksiya hisobiga 22 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘tkazib berilgan.

Ammo, Direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan va masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Direksiya xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tadbirkordan 300 ming dollar olgan DUK xodimi qo‘lga tushdi (video)
ePN