23:00 / 01.07.2023
89

Toshkentning ayrim hududlarida elektr vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida elektr vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahar Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida hamda Toshkent tumanining ba’zi hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2 iyul kuni Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi soat tonggi 00:00 dan 07:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi. Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kV bo‘lgan elektr uzatish kabel tarmog‘ining yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘idagi temir tayanch ustunlariga elektr qurilmalarni o‘rnatish ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida:

  • Olmazor tumanining — “Ibrohim ota” MFY, “Chuqursoy” MFY, “Ahil” MFY, “Moyariq” MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subyektlari;
  • Yunusobod tumanining — “Hasanboy” MFY, “Katta Hasanboy” MFY, “Sharq haqiqati” MFY, “Turkiston” MFY, “Yo‘lariq” MFY, “Akbarobod” MFY, “Tiklanish” MFY, “Astrobod” MFY,  “Hamkorobod” MFY, “Islomobod” MFY,  “Sobirobod” MFY, “Nurmakon” MFY, “Mingchinor” MFYlarining qisman ko‘chalari va issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentning ayrim hududlarida elektr vaqtincha to‘xtatiladi
ePN