18:05 / 03.07.2023
144

Buxoroda qalbaki 100 ming so‘m kupyuralar ishlab chiqarib kelgan jinoiy guruh aniqlandi

Buxoroda qalbaki 100 ming so‘m kupyuralar ishlab chiqarib kelgan jinoiy guruh aniqlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida jinoiy guruh qalbaki 100 ming so‘m kupyuralar ishlab chiqarib kelgani aniqlandi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular tuman IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga tushgan.

Tumanning “Sharq” mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan S.A., Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Malikobod” mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan Sh.B., qo‘shni mahallaning F.Xo‘jayev ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan D.A. va 2002 yilda tug‘ilgan A.D. ismli 3 nafar sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2023 yilning 19 iyunidan 26 iyunigacha rangli printer yordamida 100 ming so‘mlik pul kupyuralarini ko‘paytirish yo‘li bilan yasab kelgan.

Buni Buxoro shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonda amalga oshirgan. Yasalgan qalbaki pullarni savdo do‘konlari va fuqarolarga o‘tkazib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ushbu jinoiy guruhning to‘rt nafar a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda qalbaki 100 ming so‘m kupyuralar ishlab chiqarib kelgan jinoiy guruh aniqlandi
ePN