11:00 / 04.07.2023
131

Аbituriyentlarga test sinovi natijalaridan keyin OTM tanlash imkoniyati beriladi

Аbituriyentlarga test sinovi natijalaridan keyin OTM tanlash imkoniyati beriladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
  • litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

  • vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.

2024 yil 1 yanvardan:

  • reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
  • so‘nggi 5 yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan:

  • nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;
  • oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

2024/2025-o‘quv yilidan:

  • OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
  • umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan. Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi.

Uch yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Shu sababli, xuddi 2018—2019-yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Аbituriyentlarga test sinovi natijalaridan keyin OTM tanlash imkoniyati beriladi
ePN