date
views 144

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi.

Mazkur bayon bilan 2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:

  • abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;
  • “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi