SAVOL:
Qur’on tilovat kilganimdan so‘ng “sodaqallohul Aziym“ deb tugatardim. Bir kishi bunday deb tugatishimni xato dedi. To‘g‘risi qanday bo‘ladi? Shariat bobida ilmim kam, aybga buyurmang.
JAVOB:
U gap bir fikr, lekin juda tayanadigan gap emas. Siz o‘zingiz o‘qigan Qur’onning umumiy mazmunini tasdiqlaysiz, aynan o‘z tilovatingizni emas.
Alloh taolo Oli Imron surasining 95-oyatida Payg‘ambarimiz alayhissalomga xitob qilib:
"Alloh rost aytdi, deb ayt", deya buyurgan.
Shuningdek, Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom xutba qilishlari asnosida bir oyatni boshlashdan avval "Sodaqalloh", ya’ni "Alloh rost aytgan", deb keyin bir oyatni o‘qiganlar. Shu kabi oyat va hadislar umumiy mazmunidan kelib chiqib, ba’zi ulamolar tilovatdan keyin "Sodaqallohul Aziym", deyish tilovat odoblari qatorida zikr qilishgan. Bu bizni asrimizga kelib paydo bo‘lmagan. Balki, avvaldan musumonlar o‘rtasida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Mashhur sahoba Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: "Mo‘minlar yaxshi, deb bilgan narsa Allohning huzurida ham yaxshidir", - deganlar. Buni Imom Molik sahih sanad bilan rivoyat qilganlar. Shundan kelib chiqib, Tilovat so‘ngida "Sodaqallohul Aziym", deyishni bid’at, deyish va undan qaytarish ilmiy jihatdan mutlaqo noto‘g‘ridir. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!