17:35 / 06.07.2023
77

Ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish majburiyati pudratchi tashkilotlar zimmasiga o‘tkaziladi

Ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish majburiyati pudratchi tashkilotlar zimmasiga o‘tkaziladi

Foto: O‘zbekgidroenergo

4 iyul kuni O‘zbekiston ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan Qonunchilik palatasi yalpi majlisida axborot berdi.

Axborotda ta’kidlanishicha, o‘tgan yillardagidan farqli, endilikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirlari har yili shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan yillik manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi asosida amalga oshiriladi.

“Manzilli dasturlar – qat’iy belgilangan mexanizmlar asosida mahalliy hokimliklar tomonidan shakllantirilib, Ekologiya vazirligida umumlashtirilgan holda ekspertizadan o‘tkaziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Manzilli dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor loyihalash ishlariga qaratilib, bunda, yangidan qayta tashkil etilgan “Yashilloyiha” loyihalash instituti asosiy loyihachi etib belgilanadi.

Shuningdek, hududlarning relefi, iqlim-tuproq sharoiti, suv manbalari, yillik yog‘ingarchilik miqdori, tuproqning laboratoriya tahlillari natijalaridan kelib chiqib, daraxt-butalarning mos bo‘lgan turlari tanlanadi.

Pudratchi tashkilotlar esa qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi.

Dasturga asosan, har bir vazirlik va hokimliklar tegishliligicha budjetdan tashqari va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan o‘z bog‘larini tashkil etadi.

Ekilgan ko‘chatlar va tashkil etilgan bog‘lar uch yil davomida pudratchi tashkilot tomonidan parvarishlanadi va pudratchi ko‘chatlarni to‘liq saqlanib qolishi uchun mas’ul va javobgar etib belgilanadi”, – dedi Aziz Abduhakimov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish majburiyati pudratchi tashkilotlar zimmasiga o‘tkaziladi
ePN