20:00 / 07.07.2023
68

Beruniyda jamiyat foydasiga sal kam 1 mlrd. so‘mlik qarzdorlik undirib berildi

Beruniyda jamiyat foydasiga sal kam 1 mlrd. so‘mlik qarzdorlik undirib berildi

Yurtimizda so‘ngi yillarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyalarni kiritish va aholi yashash tarzini tubdan oshirish maqsadida, iqtisodiyotimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, o‘zining ijobiy natijalarini berib, tadbirkorlik subyektlarning soni yildan yilga jadal sur’atlar bilan oshmoqda va ularning iqtisodiy salohiyati ortmoqda.

Lekin, ayrim hollarda, o‘zaro tuzilgan shartnomaga asosan, ko‘rsatilgan xizmati uchun tadbirkorning xizmat haqini ololmay sarson bo‘lishi holatlari uchrab turadi va shunda, ular tomonidan sudga murojaat qiladi va sud qarorining ijrosini ta’minlash uchun Byuro organlari ishga kirishadi.

Xususan, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 14.03.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Beruniy Claster” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan, undiruvchi “Beruniy paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati  foydasiga 962,8 mln. so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati, Byuroning Beruniy tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning mol-mulkini aniqlash maqsadida “MIB Portal” elektron dasturidan elektron so‘rovnoma javoblari olingan hamda qarzdorning bank hisob raqamiga elektron inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan.
Olib borilgan ijro xarakatlari natijasida, ijro varaqasida ko‘satib o‘tilgan qarzdorlik qarzdor jamiyatning bank hisob-raqamidan elektron inkasso orqali undirib olinib, undiruvchi Beruniy paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati hisob raqamiga to‘liq o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Ijro hujjati esa, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga moddasiga asosan amalda undirilib tamomlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Beruniyda jamiyat foydasiga sal kam 1 mlrd. so‘mlik qarzdorlik undirib berildi
ePN