18:00 / 08.07.2023
465

Ona-bolani qutqargan yangiyerlik yigitni viloyat hokimi ishga taklif qildi

Ona-bolani qutqargan yangiyerlik yigitni viloyat hokimi ishga taklif qildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 21 yoshli sportchi yigit kanalda oqib ketayotgan ona va bolani qutqarib qolgani xabar qilingandi.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Yangiyer shahri markazidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida cho‘kayotgan, Saidislombek Abdulqosimzoda tomonidan qutqarib qolingan ona va bolaning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olgan.

Ko‘rsatgan jasorati uchun Saidislombekka minnatdorlik bildirilgan va sovg‘alar topshirilgan. Shuningdek, u viloyat hokimi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ishlashga tavsiya qilingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ona-bolani qutqargan yangiyerlik yigitni viloyat hokimi ishga taklif qildi
ePN