date
views 284

Yunusobodda ikki avtomobil qurilish handag‘iga tushib ketdi

Yunusobodda ikki avtomobil qurilish handag‘iga tushib ketdi

Bugun, 8 iyul kuni taxminan soat 12:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida qurilayotgan yangi binoning poydevori uchun qazilgan handaqning bir chetida yer o‘pirilish hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada handaq chetidagi yo‘lda turgan «Matiz» va «Spark» rusumli avtomobillar handaq ichiga tushib ketgan.

Hodisa to‘g‘risida FVVga xabar kelib tushmagan. Tarqalgan xabar yuzasidan voqea joyiga shahar va tuman FVB xodimlari chiqib, o‘rganish ishlarini olib borishgan. Avtomobillar maxsus texnika yordamida handaqdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda ikki avtomobil qurilish handag‘iga tushib ketdi