18:51 / 10.07.2023
75

Yunusobod tumanidagi kanalda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib olindi

Foto: FVV axborot xizmati

 Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi kanalda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib qolindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 10-iyul kuni soat 14:51 da Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 101 qisqa raqamiga Yunusobod tumani, THAY ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida fuqaro cho‘kib ketayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay, cho‘kayotgan bo‘lgan. FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng psixologik yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Foto: FVV axborot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanidagi kanalda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib olindi
ePN