23:44 / 11.07.2023
316

Bolani itlar hamlasidan qutqargan yigit taqdirlandi

Bolani itlar hamlasidan qutqargan yigit taqdirlandi

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bugun Samarqand shahridagi «Yoshlar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtogurargoh oldida ketayotgan bolaga itlar hamla qilgani va taksi haydovchisi uni qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi.

Joriy yilning 8 iyul kuni tasvirga tushib qolib, keyin tarqalgan holat Samarqand shahrining Nabiyev-4 ko‘chasida sodir bo‘lgan bo‘lib, o‘sha kuniyoq bolaga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatilgan va ayni paytda uning holati yaxshi, deyiladi Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Bugun Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ismatjon Ibragimov bolaning hayotini saqlab qolgan taksi haydovchisi, 23 yoshli Firdavs Ahmedov va uning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, Firdavs Ahmedovga esdalik sovg‘alari topshirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolani itlar hamlasidan qutqargan yigit taqdirlandi
ePN