15:50 / 12.07.2023
58

Shavkat Mirziyoyev va Nikol Pashinyan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Nikol Pashinyan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Armaniston hukumati rahbari mamlakat yetakchisini prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi.

Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish muhimligi alohida ta’kidlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev va Nikol Pashinyan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi
ePN