16:00 / 13.07.2023
147

O‘zbekiston aholisi naqd puldan ko‘proq foydalanishni boshladi

O‘zbekiston aholisi naqd puldan ko‘proq foydalanishni boshladi

O‘zbekiston Markaziy banki naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yilning olti oyida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2022 yil mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘paygan va 187,3 trillion so‘mni tashkil etgan.

Markaziy bank tomonidan yanvar—iyun oylari mobaynida muomalaga qo‘shimcha 6 trillion so‘m naqd pul chiqarilgan. 1 iyul holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 24,8 foizni, muomaladagi naqd pullar esa 47,1 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Yil boshida naqd pullar hajmi umumiy pul massasining 22,3 foizini, muomaladagi naqd pullar bo‘lsa, 42,2 trillion so‘mni tashkil etgandi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonliklar bank kartalaridan pullarni kamroq naqdlashtirib olishni boshlagan, 2022 yilning birinchi yarim yilligida mamlakat aholisi o‘z mablag‘larining 28,1 foizini naqdlashtirgan bo‘lsa, 2023 yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 24 foizni tashkil etdi.

Yanvar—iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 369,7 trillion so‘mni tashkil etdi — o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga oshgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisi naqd puldan ko‘proq foydalanishni boshladi
ePN