17:29 / 13.07.2023
73

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
2023 yil 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tadi.

Parlament quyi palatasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi O‘zbekiston Respublikasi saylangan prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlanadi.

2023 yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaga saylovchilarning 4,43 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovga 4,02 foizi va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Abdushukur Hamzayevga 3,74 foizi yoqlab ovoz bergan.

Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz bergan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi
ePN