19:14 / 15.07.2023
277

Milliy gvardiya faxriy qorovuli tarkibida ayollar paydo bo‘ldi (foto)

Foto: Milliy gvardiya
O‘zbekistonda Milliy gvardiya faxriy qorovuli tarkibidagi harbiy ayollar ilk bor rasmiy marosimda ishtirok etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Kun.uz’ga idoradan ma’lum qilishlaricha, tanlov ancha qiyin kechgan va bu ayol harbiylarning shunday tadbirlarda birinchi ishtirokiga aylangan.

Suratda ayollar formasi shim va yubka, kitel, maxsus bosh kiyim, parad kamari, qo‘lqop va qora oyoq kiyimdan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.

2022 yil mart oyida Milliy gvardiya faxriy qorovuli harbiy xizmatchilari yangi formaga ega bo‘lgani xabar qilingandi.

O‘shanda Milliy gvardiya faxriy qorovuli davlat rahbarini kutib olish marosimi, shuningdek, Yangi O‘zbekiston bog‘idagi mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish tadbirida yangi parad formasida ko‘rinish bergandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya faxriy qorovuli tarkibida ayollar paydo bo‘ldi (foto)
ePN