
Foto: TDIU axborot xizmati
Superkontrakt o‘zi aslida yaxshi emas. U ilojsizlikdan o‘ylab topilgan usul. Lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kerak. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektor Kongratbay Sharipov jurnalistlar bilan muloqotda fikr bildirdi.
Kongratbay Sharipovning aytishicha, superkontraktning yaxshi va yomon tomonlari bor.
Kongratbay Sharipov superkontrakt yoshlarga berilayotgan qo‘shimcha imkoniyat ekanini aytib, qay tomondan ijobiy jihatlari borligini aytdi.
Rektorning qo‘shimcha qilishicha, u rahbarlik qilayotgan universitetda superkontrakt o‘rinlari kamaytirilmoqda.
Bundan oldingi yillarda 640 ta o‘rin ajratilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 330 ta ajratilgan. Bu yil undan ham kamayishi mumkin. Eng qizig‘i, biz 3 yildan beri superkontrakt narxini oshirmadik. Masalan, talaba Turizm fakultetida o‘qisa, kontrakt 6 million so‘m. Superkontrakt esa shuning 10 barobari — 60 million so‘m”, — dedi Kongratbay Sharipov.
Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hukumatga tibbiyotda superkontraktni yo‘qotish bo‘yicha taklif kiritilganini aytgandi.