10:51 / 17.07.2023
59

O‘zbekiston tibbiy ta’lim sohasida Italiya tajribasi joriy etiladi

O‘zbekiston tibbiy ta’lim sohasida Italiya tajribasi joriy etiladi

Foto: dunyo.info
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va Italiyaning Lombardiya sog‘liqni saqlash hududiy maslahatchisi Gvido Bertolaso o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov Lombardiya hududi sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or zamonaviy tajribaga egaligini qayd etgan holda, O‘zbekiston uchun Italiya tajribasini joriy qilish muhimligini bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov o‘z chiqishida O‘zbekiston tibbiyot, tibbiy ta’lim va farmatsevtika sohalarida Italiya tajribasini joriy etish maqsadida bir qator muhim takliflar, jumladan ikki mamlakat soha vakillari, yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sanoati forumini tashkil etish tashabbusini bildirdi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatdagi mavjud sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish maqsadida Lombardiya delegatsiyasini tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Lombardiya sog‘liqni saqlash hududiy maslahatchisi Gvido Bertolaso bildirilgan takliflarni qiziqish bilan qabul qilib, Lombardiya ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar ijrosi bo‘yicha «Yo‘l xarita»sini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston tibbiy ta’lim sohasida Italiya tajribasi joriy etiladi
ePN