15:31 / 17.07.2023
188

Toshkentda Nexia-3 uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga urilib, uni buzib o‘tdi

Toshkentda Nexia-3 uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga urilib, uni buzib o‘tdi

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 avtomobili ko‘prik to‘sig‘ini buzib o‘tdi. Bu haqda poytax IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 17 iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi “Tapoich” yo‘l o‘tkazgichida 21 yoshli M.M. Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Fuqarolardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini va harakat davomida hushyorlikni oshirishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Nexia-3 uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga urilib, uni buzib o‘tdi
ePN