12:09 / 18.07.2023
273

Aldanganlar O‘zbekistonga qaytarildi

Aldanganlar O‘zbekistonga qaytarildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nijniy Novgorod shahridagi vakilligiga Cheboksari shahrida ishlayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz ish beruvchisi oylik maoshi va pasportlarini bermayotgani, yashab turgan xostelidan chiqarib yuborganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtlarimiz ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, Chuvashiya Respublikasining Cheboksari shahariga non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga avtobuslarda ish beruvchi hisobidan ishlash uchun borgan.

Ish beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolarimizning pasportlarini oladi va bir necha oy davomida ish haqisiz ishlatadi. Hujjatlarini qaytarib bermay, noma’lum joyga qochib ketadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va o‘zbek diasporasi vakillari sa’y-harakati bilan fuqarolar xostelga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.

Fuqarolarimizning bir guruhiga Bosh konsulxona tomonidan Vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirib berildi. Agentlik tomonidan 12 nafar fuqaro Qozon-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aldanganlar O‘zbekistonga qaytarildi
ePN