O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush farovonligi va real daromadlarini oshirish hisoblangan bir paytda ayrim korxona va tashkilotlar tomonidan xodimlar ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmasdan sudgacha borishi achinarli holatdir.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 19.04.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “RMK-139” MCHJdan 5 nafar fuqarolar foydasiga jami 39 mln so‘m oylik ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Sobirov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida oylik ish haqlari to‘liq undirilib, ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlanishi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!