14:14 / 20.07.2023
186

Toshkentdagi 10 qavatli uyning tomida qo‘shimcha uy qurilayotgani aniqlandi

Toshkentdagi 10 qavatli uyning tomida qo‘shimcha uy qurilayotgani aniqlandi

Foto: “Kun.uz”

Toshkentning Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasidagi yangi 10 qavatli uyning tomida qo‘shimcha uy qurilgani aniqlandi. Holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan manzil o‘rganilgan va 96-xonadon mulkdori kadastr hujjatlarida mavjud bo‘lgan mansardaning yon qismiga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha qurilma qurib olgani aniqlangan.

Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qo‘shimcha qurilmani qurish ishlari fuqaro A.R. tomonidan uyning tom qismini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan holda, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz olib borilgan.

Inspeksiya tomonidan o‘z vakolati doirasida fuqaroga 15 kun ichida, ya’ni 25 iyulgacha qurilmani bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llangan.

“Ta’kidlash lozimki, mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmaga nisbatan Inspeksiya mutaxassislari tomonidan qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chora ko‘rilgan. Tartibga ko‘ra belgilangan majburiy ko‘rsatma talablari fuqaro tomonidan  bajarilmagan taqdirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga majburiy tartibda bartaraf etish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi 10 qavatli uyning tomida qo‘shimcha uy qurilayotgani aniqlandi
ePN