14:38 / 20.07.2023
139

Buxoroda 40 gektar yerni auksion orqali olib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Buxoroda 40 gektar yerni auksion orqali olib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Kadr: YouTube

Buxoro viloyatida pul evaziga auksion orqali yer ajratib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi va tuman hokimligi xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan fuqaro Kogon tumani “Nurafshon” mahallasining hokim yordamchisi o‘zining tanishi orqali hokimlik balansida bo‘lgan zaxira yerlaridan jami 40 gektar yer maydonini elektron auksion orqali 500 million so‘mga sotib olib berishini aytib, evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

Arizaga asosan Buxoro viloyati IIB Tergov-qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda hokim yordamchisi va uning tanishi Buxoro shahridagi savdo do‘konida ariza muallifidan talab qilgan puldan 5 ming dollarni olayotganida ushlangan.

Shundan so‘ng, ularning bergan ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Buxoro tumani “Rabotaqal’a” mahallasida Kogon tumani hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limida ishlovchi shaxs 5 ming dollarni olganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 40 gektar yerni auksion orqali olib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi
ePN