12:46 / 22.07.2023
186

Jizzaxda 541 ta baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Jizzaxda 541 ta baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Ekologiya vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Arnasoy bo‘limi hududida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Oqoltin” MFYda yashovchi fuqaro T. B. tomonidan noqonuniy baliq ovlangani aniqlandi.

T. B. boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan kichik o‘lchamdagi jami 541 ta (113,5 kg) oqsila (sudak) baliqlari topildi.

O‘rganish natijasida hayvonot dunyosiga jami 178 million 530 ming so‘m miqdorida zarar keltirilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat