23:25 / 24.07.2023
145

Davlat ijrochisiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga jazo tayinlandi

Davlat ijrochisiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga jazo tayinlandi

Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatish holatlari tez-tez quloqqa chalinadi. Byuro davlat ijrochilari sud va boshqa organ qarorlarini ijro etish orqali fuqarolar yoki jamiyat manfaatini himoya qiladi. Biroq, fuqarolarimiz tomonidan davlat ijrochilariga nisbatan qarshilik ko‘rsatish holatlari ham uchrab turadi.

Masalan, A.Mamataliyev 2023 yil 7 mart kuni soat 1630 larda Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Xasanov ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor A.Mamataliyev hisobidan undiruvchi Yu.Durdiyevaning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar  farzandi moddiy ta’minoti  uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi yuzasidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida, davlat ijrochisi F.Qobilov bilan birgalikda qarzdorning Jarqo‘rg‘on tumani, “O‘zbekiston” mahallasida joylashgan yashash xonadoniga borishgan.

Ular qarzdorga tegishli mol-mulklarni xatlayotganida A.Mamataliyev akasi A.Mamataliyevning yashash uyiga kirib kelib, davlat ijrochisi A.Xasanovni xizmat vazifasini bajarishiga faol to‘sqinlik qilib, davlat ijrochisi tomonidan uning bu xatti-harakatlari qonunga xilof ekanligi tushuntirilishiga qaramasdan, o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatishda ifodalangan harakatlarini ongli ravishda davom ettirib, A.Xasanovni qo‘llari bilan turtib yuborganligi natijasida u “Akfa” romli eshik oynasiga borib urilib, tanasining turli sohalaridan tan jarohati olgan.

Holat bo‘yicha A.Mamataliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tibbiyot ekspertizasining 135-sonli ekspertizasi xulosasida A.Xasanovga “Sog‘liqning buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil” tan jarohati yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Sud hukmi bilan A.Mamataliyev JKning 219-moddasi 1-qismi bilan ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Bekzot Rahimov

Bosh prokuratura huzuridagi 
Majburiy ijro byurosining 
boshqarma bosh inspektori


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat ijrochisiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga jazo tayinlandi
ePN