16:45 / 26.07.2023
52

Polsha Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalari uchun beg‘araz yordam taqdim etdi

Polsha Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalari uchun beg‘araz yordam taqdim etdi

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Polsha Tashqi ishlar vazirligi va Strategik zaxiralar davlat agentligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalari ehtiyoji uchun 4 xil rusumdagi kattalar va bolalarga moslashgan o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparatlarni beg‘araz yordam sifatida O‘zbekistonga yuborish masalasi ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

O‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparatlarning umumiy soni 449 dona, qiymati 17,5 million zlotiyni (4,5 million AQSH dollari) tashkil etadi.

20 iyul kuni barcha apparatlar 3 ta yuk mashinalariga yuklangani holda O‘zbekistonga jo‘natildi.

Strategik zaxiralar davlat agentligining Shepetova shahridagi omborxonasida yukni qabul qilish va topshirish jarayonida mamlakat diplomatiya vakolatxonasi xodimi ishtirok etdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Polsha Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalari uchun beg‘araz yordam taqdim etdi
ePN