Odatda, bizda biror bir kattaroq buyum yoki mahsulot olishga ehtiyoj bo‘lsa-da, hamyonimizda unga yetarli miqdordagi mablag‘ning yo‘qligi shashtimizni biroz pasaytiradi, bunday hollarda esa biz banklardan yoki qarz beruvchi jamiyatlardan turli xildagi kreditlardan birini olib, muammolarimizni hal etishga harakat qilamiz.
Bir qancha yugur-yugurlar bilan zarur hujjatlarni jamlab, shartnoma asosida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan kerakli mablag‘ni olamiz. Qarabsizki, ish hal. Lekin, kreditni qaytarishga kelganda esa...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 14.07.2023 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor D.A.dan undiruvchi “Mikrofin” MCHJ foydasiga 62.927.000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan qarzdor ogohlantirilgan bo‘lsa-da, sud qarorini bajarishni istamagan.
25.07.2023 yil kuni o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari davomida garov mulki bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.
Endi qarzdor undiruvchi oldidagi majburiyatini bajarishga majbur, yo‘qsa, xatlangan “Captiva” avtotransport vositasi auksion savdolarda sotilishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring