20:00 / 29.07.2023
873

Avtobusning yo‘li to‘silib, toshbo‘ron qilinishi sababi ma’lum bo‘ldi

Avtobusning yo‘li to‘silib, toshbo‘ron qilinishi sababi ma’lum bo‘ldi

Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda bir guruh fuqarolar yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘lini to‘sib, oynasiga tosh otganligi holati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 28 iyul kuni soat taxminan 14:00da Jizzax viloyati «G‘allaorol» tumani  hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida viloyatlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi, u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Damas» rusumli avtomashina haydovchisi yo‘liga chiqib ketishi oqibatida haydovchilar o‘zaro yo‘l talashib, tortishib qolishgan.

Shundan so‘ng, «Damas» haydovchisi Y.Sh. avtomashinasini boshqarib, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Oytamg‘ali» mahallasi hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida, tanishlari bilan avtomobil yo‘lini to‘sib, avtobusni harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, avtobusga shikast yetkazgan.

Hodisada hech kim jarohat olmagan. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlanib, ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakuni bilan ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyiladi Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi J.Sagdullayev xabarida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtobusning yo‘li to‘silib, toshbo‘ron qilinishi sababi ma’lum bo‘ldi
ePN