date
views 128

O‘zbekistonda hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Kunduz kunlari havo 35-40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42 darajagacha isiydi.

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida 1 avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

31 iyul va 1 avgustda shimolda va cho‘l hududlarda, 3—4 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni bir oz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat 33-38 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 31 iyul—4 avgustda 38-40 daraja atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi