Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand shahridagi Temiryo‘l dehqon bozori oldidagi mehmonxonalarning birida qotillik ro‘y berganligi to‘g‘risida Samarqand viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahri “Nurli yo‘l” mahallasida joylashgan mehmonxonada 30 yoshli ayoning murdasi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!