23:29 / 02.08.2023
181

Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va MCHJ yuristi ushlandi

Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va MCHJ yuristi ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va MCHJ yuristi ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari J.M. “O.F.” MCHJ umumiy ovqatlanish shoxobchasining yopib qo‘yilgan hisob-raqamini ochib bergani evaziga “S.” MCHJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor M.A.dan 2 000 AQSH dollari pora talab qilib, ushbu pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan va Yu.O.ga nisbatan 28, 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat